Bugun Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovga Özbekiston Fanlar akademiyasining Faxriy akademigi unvonini berişga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi.
Mamlakatimiz Fanlar akademiyasi uşbu qarorni Turkmaniston Prezidenti xalqaro ilmiy doiralarda keng tanilgan va e'tirof etilgan olim, zamonaviy tibbiyot, farmakologiya, iqtisodiyot, arxitektura va fanning boşqa sohalarini rivojlantiriş hamda Markaziy Osiyoning boy tabiatini örganişga bağişlangan qator ilmiy qomusiy asarlar muallifi ekanligini inobatga olgan holda qabul qildi.
Marosimda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev sözga çiqib, uşbu qaror Turkmaniston Prezidentining ilm-fan sohalarini rivojlantiriş, qardoş özbek va turkman xalqlari örtasidagi döstlikni mustahkamlaşdagi xizmatlariga ulkan hurmat ifodasi ekanini ta'kidladi.
Turkmaniston Prezidentining ajdodlar ma'naviy merosi va fundamental ilmiy izlanişlarga asoslangan köp sonli ilmiy asarlari bugungi fan, madaniyat va san'at rivojiga munosib hissa qöşdi.


Davlatimiz rahbari oxirgi yillar köp asrlik aloqalar tarixida alohida ahamiyatga ega bölgani va bugungi kunda Strategik şeriklik töğrisidagi şartnoma asosida tobora rivojlanayotganini qayd etdi. Bu özaro savdo hajmining ança oşgani, sanoat kooperatsiyasi va hududlararo hamkorlik kuçayib borayotgani, madaniy-gumanitar aloqalar faollaşganida namoyon bölmoqda.

Toşkent şahrida körkam “Aşxobod” boğining oçilgani, poytaxtimizning markaziy köçalaridan biriga turkman xalqining buyuk şoiri va mutafakkiri Mahtumquli Firoğiy nomi berilgani, Xorazmda “Ulli Hovli” Özbekiston-Turkmaniston turizm majmuasi taşkil etilgani xalqlarimiz örtasidagi döstlik riştalari tobora mustahkamlanib borayotganiga yorqin misoldir.
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov, öz navbatida, Prezident Şavkat Mirziyoyev va Özbekiston Fanlar akademiyasiga körsatilgan yuksak e'tibor uçun çuqur minnatdorlik bildirdi, bu Turkmanistonga hurmat-ehtirom ifodasi, mamlakatning fan va ta'lim sohalaridagi yutuqlari e'tirofi, xalqlarimiz örtasidagi döstlik mustahkamligidan dalolat ekanini ta'kidladi.























