Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev muzokaralar an'anaviy döstlik va özaro anglaşuv ruhida ötganini, davlat rahbarlarining mintaqada işonç va yaxşi qöşniçilik muhitini yanada mustahkamlaşga bölgan intilişi va qat'iy siyosiy irodasining yaqqol ifodasi bölganini ta'kidladi.
– Biz özaro hamkorlikning dolzarb masalalarini atrofliça muhokama qildik. Mamlakatlarimiz örtasidagi aloqalarni har tomonlama kengaytiriş yölida butunlay hamfikr ekanimizni yana bir bor tasdiqladik. Uçraşuv dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar böyiça bizning qaraş va yondaşuvlarimiz, özaro juda yaqin ekanini namoyiş etdi, – dedi davlatimiz rahbari.

Uçraşuvda savdo tösiqlarini bartaraf etiş, sanoat kooperatsiyasini yanada kuçaytiriş, energetika infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va mintaqaning tranzit imkoniyatlarini kengaytiriş masalalari körib çiqilgani ma'lum qilindi.
Tomonlar hududlar darajasida faol almaşinuvlar va muloqotni qöllab-quvvatlaş, şuningdek, ilm-fan, ta'lim, turizm, madaniyat va sport sohalarida qöşma tadbirlarni muntazam ötkazişga kelişib oldilar.
Muzokaralar çoğida mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaş uçun köp tomonlama hamkorlik masalalariga jiddiy e'tibor qaratilgani aytildi.
Sammit yakunida Qöşma bayonot qabul qilindi hamda Maslahat uçraşuvlariga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş reglamenti ma'qullandi.
Qozoğistonning Birinçi Prezidenti - Elboşi Nursulton Nazarboyev bir ovozdan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uçraşuvining Faxriy raisi etib saylandi.

– Bizni muştarak tarix va madaniyat, yagona muqaddas din, öxşaş mentalitet, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar va an'analar, hamda ajralmas döstlik çambarças boğlab turadi. Bularning barçasi, xalqlarimiz farovonligi va ravnaqi yölida Markaziy Osiyo davlatlari salohiyatini birlaştirişga qaratilgan özaro manfaatli hamkorligimizga mustahkam poydevor bölib xizmat qiladi, – deya ta'kidladi Şavkat Mirziyoyev.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uçraşuvi kelgusi yili Qirğizistonda ötkaziladi.
















