Toşkentda ötayotgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinçi Maslahat uçraşuvi doirasida 29 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston Respublikasining Birinçi Prezidenti – Elboşi Nursulton Nazarboyev bilan uçraşdi.
Uçraşuv avvalida davlatimiz rahbari Nursulton Nazarboyevni Özbekistonga taşrifi bilan samimiy qutlab, unga Özbekistonning mintaqa mamlakatlari yetakçilari uçraşuvlarini ötkaziş taşabbusini qöllab-quvvatlagani uçun yana bir bor minnatdorlik bildirdi.
Birgalikdagi sa'y-harakatlar tufayli keyingi yillarda Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi an'anaviy yaqin munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarildi, aniq amaliy mazmun bilan boyidi.
Elboşi Nursulton Nazarboyev, öz navbatida, Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan ilk bor 2018 yil Ostona (ayni paytda – Nur-Sulton) şahrida ötgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uçraşuvlari mintaqada köp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qilmoqda hamda şeriklikning amaliy loyihalarini ilgari suriş uçun samarali maydon bölmoqda.
Uçraşuvda ikki tomonlama munosabatlarga oid, şuningdek, global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşildi.

Köksaroy qarorgohida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekov bilan ham uçraşuvi bölib ötdi.

Davlat rahbarlari Özbekiston va Qirğiziston örtasidagi köp asrlik döstlik va yaxşi qöşniçilik munosabatlari izçil kengayib, mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Turli darajalardagi aloqalar faollaşgani, tovar ayirboşlaş ortayotgani, gumanitar almaşinuvlar jadallaşgani alohida ta'kidlandi.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi.
Tomonlar Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Toşkentdagi maslahat uçraşuvi mintaqa mamlakatlari örtasidagi aloqalarni yanada faollaştiriş hamda döstlik, yaxşi qöşniçilik va özaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini mustahkamlaşga salmoqli hissa qöşişiga işonç bildirdilar.


















