Yovuz niyatli şaxslar Zlatan Ibrahimoviçning Şvetsiyadagi uyi eşigiga sotqinlik va xoinlik timsoli bölmiş «Judas» (Yahudo) sözini yozib ketişdi.

Bundan taşqari, uy ostonasiga kislotali eritma tökilib, haqoratli sözlar yozilgan plakat osib qöyilgan. Voqea yuzasidan politsiya suriştiruv boşlagan. Ibrahimoviç uyining kuzatuv ostiga olinişi masalasi örganib çiqilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Zlatan Ibrahimoviç Şvetsiyaning «Hammarbyu» klubi aksiyalarining 25 foizini sotib olgan va ijtimoiy tarmoqlarda uni köklarga kötarib, maqtagan edi. Bu esa «Malmyo» muxlislariga yoqmadi. Zlatanni tarbiyalagan klub fanatlari aşaddiy raqibi bölmiş «Hammarbyu»ning e'tirof etilişini xoinlik deb baholadilar. Bundan taşqari, muxlislar klub stadioni oldida Ibrahimoviç şarafiga örnatilgan haykalning olib taşlanişini, ba'zilari uni yaşil böyoqqa bulğanişini yoki umuman buzib taşlanişini taklif qildilar.