AQŞ prezidenti Donald Tramp Afğonistonga kutilmagan taşrif bilan keldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi. 

Tramp harbiylar bilan muloqot qilib, ular bilan suratga tuşgan.  

Şuningdek, AQŞ prezidenti taşrif davomida afğonistonlik hamkasbi Aşraf Ğani bilan uçraşgan. Trampning ta'kidlaşiça, u “Tolibon” bilan muzokaralarni qayta boşlamoqçi, çunki toliblar “kelişuv tuzişni” istaşmoqda.

Trampning Afğonistonga taşrifi xavfsizlik nuqtai nazaridan e'lon qilinmagan.

Oq uy rahbariga safari vaqtida rafiqasi Melaniya, milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Robert ÖBrayyen va AQŞ qurolli kuçlari ştablari boşliqlari birlaşgan qömitasi boşliği Mark Milli hamrohlik qilgan.

Bu Trampning Afğonistonga ilk taşrifi hisoblanadi. AQŞ prezidenti Afğonistonga amerikalik harbiylarni AQŞda 28 noyabrda nişonlanuvçi Şukronalik kuni bilan tabriklagani kelgan.

Ta'kidlanişiça, bu taşrif Trampning jangovar harakatlar borayotgan davlatga ikkinçi taşrifi sanaladi: Oq uy egasi 2018 yil dekabrda ham Iroqqa kutilmagan taşrif amalga oşirgandi.