Mehnat vazirligi Rossiyaning migrantlar faoliyatiga ruxsat beruvchi ko‘p tarmoqli markazini belgilangan muddatda tashkil etmagan
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga topshirilgan 25ta vazifaning 4tasi belgilangan muddatda bajarilmagan. Bu haqda Senatning Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev Oliy Majlis Senatining bugun, 30 noyabr kuni bo‘lib o‘tayotgan yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida ma'lum qildi.
“Bajarilmagan vazifalarning bittasiga misol keltirmoqchiman. Rossiyada mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat beruvchi RFning ko‘p tarmoqli markazini O‘zbekistonda tashkil etish belgilangan edi. Biroq bu markaz faoliyati shu kunga qadar yo‘lga qo‘yilmagan. O‘zingiz o‘ylang, agar ushbu markaz tashkil etilganda noqonuniy migratsiyaning oldini olish, qolaversa, fuqarolarimizning haq-huquqlarini ta'minlash kabi bir qator muammolar hal qilingan bo‘lardi. Bu masala bo‘yicha qo‘mitaning qarori qabul qilinib, uning ijrosi nazoratga olindi. O‘ylaymanki, vazirlik bu masalani yilning oxirigacha hal qilish imkoniyatiga ega”, deya Zayniddin Nizomxo‘jayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, Senatning 24-yalpi majlisi to‘g‘ridan-to‘g‘ri translatsiya qilinmoqda. Yalpi majlis ishini Oliy Majlis Senatining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari (Facebook, You Tube) orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn rejimida kuzatib borishingiz mumkin.
Mavzuga oid
07:41 / 20.03.2024
Shavkat Mirziyoyev Zayniddin Nizomxo‘jayevni faxriy unvon bilan taqdirladi
11:31 / 04.03.2024
O‘zbekiston MSK raisi AQShda prezidentlik praymerizlarini kuzatishda ishtirok etyapti
10:56 / 22.10.2022
Mehnat vazirligi o‘zbek tili bayrami qatnashchilariga tojikcha kitoblar sovg‘a qilgan. Vazirlik izoh berdi
16:00 / 29.08.2022