Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida senatorlar “Volontyorlik faoliyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunini körib çiqdilar. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Qonunda volontyorlik faoliyati sohasida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar tizimini belgilaş, nodavlat notijorat taşkilotlari faoliyati samaradorligini oşiriş, mamlakatda fuqarolik jamiyatini rivojlantirişni davom ettiriş, şuningdek hozirgi zamon şaroitlarida volontyorlik faoliyati samarali amalga oşirilişi va rivojlanişini ta'minlaydigan qonunçilik asoslarini takomillaştiriş nazarda tutilgan.

Amaliyotni örganiş şuni körsatdiki, Özbekistonda volontyorlik harakati faol rivojlantirilayotganligiga qaramay, tegişli tayanç tuşunçalarga ega bölgan va uning faoliyatini tartibga soladigan mustahkam qonunçilik bazasi hali ham mavjud emas. Yangi Qonun mazkur masalalar yeçimini topişga va volontyorlik harakati yanada faollaşişini rivojlantirişga, şuningdek volontyorlik faoliyatini amalga oşiriş uçun qöşimça kafolatlar yaratişga qaratilgan. Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.

Şundan keyin “Bankrotlik töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi Özbekiston Respublikasining Qonuni körib çiqildi. Qonun Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritiş” hisobotida Özbekiston Respublikasining körsatkiçlarini yaxşilaşga yönaltirilgan qator normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etiş maqsadida işlab çiqilgani ta'kidlandi. Qonun Senatorlar tomonidan ma'qullandi. 

Söngra senatorlar “Kasaba uyuşmalari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunini körib çiqdilar. Qayd etilganidek, hozirgi vaqtda kasaba uyuşmalari faoliyati Özbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan “Kasaba uyuşmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari töğrisida”gi Qonun bilan tartibga solinadi. Biroq amaldagi Qonun normalari ança eskirgan. 

Qonunda kasaba uyuşmalari faoliyatining asosiy prinsiplari belgilab qöyilmoqda: qonuniylik, ixtiyoriylik, kamsitişga yöl qöymaslik, mustaqillik va özini özi boşqariş, teng huquqlilik, oşkoralik va oçiqlik. Şu bilan birga kasaba uyuşmalarining, ular birlaşmalarining huquqlariga rioya etilişi kafolatlari belgilanmoqda. Jumladan, davlat organlari, ularning mansabdor şaxslari, iş beruvçilar kasaba uyuşmalarining, ular birlaşmalarining huquqlariga rioya etilişini ta'minlaydi.

Qonun senatorlar tomonidan qizğin muhokama qilindi. Xususan, senator Muhammadjon Maqsudov Kasaba uyuşmalari federatsiyasi vakiliga rivojlangan mamlakatlar tajribasida aksariyat soha vakillarining huquqlarini himoya qiliş uçun ularning oylik iş haqlarini oşiriş böyiça kasaba uyuşmalari jon-jahdi bilan kuraşişi, ana şu masalani hatto hukumat darajasida olib çiqişini aytib ötdi. Federatsiya ana şunday masalalarni qaçon korporatsiya, assotsiatsiya, hukumatga olib çiqişi haqidagi savol bilan murojaat qildi.