Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron mamlakatdagi tartibsizliklar uchun AQShdan 130 mlrd dollar undirmoqchi
Eron mamlakatdagi tartibsizliklar va yetkazilgan zararga aloqadorligi uchun AQShdan 130 mlrd dollar undirmoqchi. Bu haqda Eron oliy sudi rasmiy vakili G‘ulom Husayn Ismoiliy ma'lum qildi.
"AQShga nisbatan Eron xalqi manfaati uchun jami 130 mlrd dollar tovon undirish ko‘zda tutilgan 360dan ortiq ish ochildi. Biz Eron TIV bu masalada yordam berishini istardik", - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "Tehron AQShning Eron xalqiga nisbatan qilayotgan jinoyatlariga qarshilik qilmoqda".
"Vashington yetkazgan zararlar bo‘yicha ko‘plab ishlar qo‘zg‘atildi", - qayd etdi Ismoiliy.
Noyabr o‘rtalarida Eronda benzin narxi oshishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Namoyishlar ayrim joylarda tartibsizliklarga aylanib ketdi.
Mavzuga oid
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
15:35 / 17.06.2026
OAVda Eron va AQSh o‘rtasidagi kelishuv loyihasi matni e’lon qilindi
10:30 / 17.06.2026