«Barselona» hamda Argentina milliy jamoasi hujumçisi Lionel Messi France Football tomonidan ötkazilgan 2019 yilgi «Oltin töp» sovriniga munosib körildi. Bu Leoning faoliyatidagi oltinçi «Oltin töp»dir.

32 yoşli argentinalik futbolçi ovoz beriş natijalariga köra «Liverpul» himoyaçisi Virjil van Deyk va «Yuventus» hujumçisi Kriştianu Ronalduni ortda qoldirdi. 

Eslatib ötamiz, Messi sentabr oyi oxirida FIFA tomonidan 2018/2019 yilgi mavsumning eng yaxşi öyinçisi – The Best sovriniga ham loyiq körilgan edi. 

«Oltin töp - 2019» sörovnomasi reytingi:

1. Lionel Messi (Argentina, «Barselona»)
2. Virjil van Deyk (Niderlandiya, «Liverpul»)
3. Kriştianu Ronaldu (Portugaliya, «Yuventus»)
4. Sadio Mane (Senegal, «Liverpul»)
5. Muhammad Saloh (Misr, «Liverpul»)
6. Kilian Mbappe (Fransiya, «PSJ»)
7. Alisson (Braziliya, «Liverpul»)
8. Robert Levandovski (Polşa, «Bavariya»)
9. Bernardo Silva (Portugaliya, «Mançester Siti»)
10. Riyoz Mahrez (Jazoir, «Mançester Siti»)

Şuningdek, Parijda ötgan marosimda quyidagi nominatsiyalar böyiça ham ğoliblar e'lon qilindi:

Image

«Yilning eng yaxşi ayol futbolçisi» – Megan Rapino (AQŞ)

Image

«Yilning eng yaxşi darvozaboni» (Lev Yaşin sovrini) – Alisson Beker (Braziliya, «Liverpul»)

Image