Jamiyat | 16:52 / 04.12.2019
12471
1 daqiqa o‘qiladi

Past Darg‘omda qimorxona ochgan shaxs javobgarlikka tortildi

Samarqand viloyati hududida IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida Past Darg‘om tuman Juma shahrida yashovchi fuqarolardan biri tuman markazida joylashgan oshxonada pul evaziga qimorxona tashkillashtirgani aniqlandi.

Olib borilgan surishtiruv ishlar natijasida mazkur qimorxonani Juma shahrida yashovchi fuqaro I.B. va Ya.M. tashkil etgani, tadbir vaqtida qimorxonada jami 12 nafar fuqaro noqonuniy ravishda qimor o‘ynayotgani aniqlanib, voqea joydan bir dona ko‘za va jami 3 000 000 so‘mga yaqin pul daliliy ashyo tariqasida tegishli ravishda hujjatlashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid