2020 yilda respublika böyiça baliq yetiştiriş körsatkiçini 300 ming tonnaga, uşbu tizimda band bölgan işçi örinlari sonini 2 mingtaga yetkaziş rejalaştirilgan. Bu haqida 4 dekabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Özbekbaliqsanoat» uyuşmasi rahbariyati iştirokida bölib ötgan matbuot anjumanida ma'lumot berildi.
«Özbekbaliqsanoat» uyuşmasi raisi Omon Musayevning sözlariga köra, 2018 yilda 2,1 mln dollar qiymatidagi 433 tonna baliq mahsuloti eksport qilingan. 2019 yil yakuniga qadar bu körsatkiçni 579 tonnaga yetkaziş, natijada baliq ekportidan tuşadigan daromadni 2,5 mln dollarga oşiriş közlanmoqda.
«2020 yilda eksportbop baliq turlarini nafaqat tirik holda, balki qayta işlangan körinişda ham eksportga yönaltiriş rejalaştirilgan. Buning uçun kelasi yilda baliqni qayta işlaş böyiça 27ta qöşimça quvvat tizimlari yaratiladi. Şuningdek, 18ta töliq tizimli baliqçilik klasterlarini taşkil etiş hamda ularda yiliga 8 ming tonnagaça baliq yetiştirişni maqsad qilganmiz», deya Omon Musayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lum qilinişiça, baliqlar uçun oziq bazasini yaxşilaş maqsadida 2020 yilda yuqori proteinli quvvati 50 ming tonna bölgan 10ta yem korxonasini işga tuşiriş, natijada umumiy oziq bazasini 435 ming tonnaga yetkaziş kutilmoqda.











