2019 yil 25 noyabr – 29 noyabr kunlari "ÖzRTXB" AJda ötkazilgan birja savdo natijalariga köra birja bozorining turli tovar segmentlarida narxlar dinamikasi ustuvor ravişda pasaydi.

Körib çiqilayotgan davr mobaynida 4944,7 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qöyildi va şundan 3486,4 tonnasi sotildi. Sönggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini böyiça şakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan biroz kötarilib, bir tonnasi uçun 6233,4 ming sömni taşkil etdi.

Ötgan haftada suyultirilgan gaz işlab çiqaruvçilari birja savdolari orqali 12,8 mlrd sömlik 4700,0 tonna suyultirilgan gaz sotişdi. Gazning birjada şakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 0,9 foizga pasayib, bir tonna uçun 2729,8 ming sömni taşkil etdi.

Birjada paxta tolasi narxlari pasayişi kuzatildi. Ötgan hafta 1-nav 4-tip (oliy 2019)dagi paxta tolasi böyiça narxlar 1,9 foizga pasayib, bir tonna uçun 14,5 mln sömni taşkil etdi. Paxta tolasini boşqa navlarining narxlari örtaça 10,9 mln sömdan 13,6 mln sömgaça böldi.