Samarqanddagi maşhur Zarmed tibbiy markazi öz faoliyatini kengaytirmoqda. Bu maşhur markaz Samarqand, Buxoro va Qarşidagi filiallarida turk investorlari bilan hamkorlikda Zartek dializ markazini oçdi.

Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bu markazlarda buyrak yetişmovçiligidan aziyat çekayotgan bemorlar ambulator şaroitda davolanişlari mumkin.

Samarqanddagi markazda bir vaqtning özida 12 ta Gambro AK-98 gemodializ apparati bemorlarning qonini tozalaydi. Zartek`ning Buxorodagi markazida bunday apparatlardan 8 ta, Qarşida esa 10 ta örnatilgan. Bu uskunalar buyrakdagi zararli moddalarni tozalaydi.

Turkiyalik investorlarning aytişiça, ular Özbekistondagi loyihalarini davom ettirişadi. Ular Zarmed bilan hamkorlikda onkologiya radioterapiya markazini ham oçişlarini aytişdi. Zarmed rahbari Dilşod Şukurullayevning aytişiça, markazning maqsadi odamlarning salomatligini yaxşilaş: «2019 yilning «Faol investitsiyalar va ijtimoiy himoya yili» deb e'lon qilinişi biz kabi tadbirkorlar uçun yöl körsatkiçdir. Biz odamlarning umri uzayişini xohlaymiz», deydi markaz rahbari.

4 dekabr kuni Samarqandda Zartek dializ markazining oçiliş marosimi ötkazildi. Unda soğliqni saqlaş vazirligi va viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasidan vakillar qatnaşdi. Unda qatnaşgan şifokorlar bunday markazlarning bölişi odamlarning salomatligi uçun zarur ekanini ta'kidlaşdi.

Oçiliş marosimida buyrak kasalliklari böyiça rossiyalik şifokorlar ham qatnaşdi. Ular oçiliş marosimidan söng «Buyrak yetişmovçiligini davolaşda zamonaviy yondaşuv» mavzusida matbuot anjumanida qatnaşib buyrak kasalliklarini davolaşda qonni tozalaş qançalik muhim ekanini aytişdi.