Özbekistonning Nyu-York şahridagi boş konsulxonasi ma'lumotiga köra, 2019 yil 5 dekabr kuni mamlakatimiz fuqarosi U.N. Çikago şahridagi öz xonadonida vafot etdi.
TIV xabariga köra, hozirgi vaqtda ölim sababini aniqlaştiriş böyiça sud-tibbiy jarayonlar olib borilmoqda.
Boş konsulxona vaziyatni öz nazoratiga olgan, deya aniqlik kiritiladi vazirlik ma'lumotida.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning qarindoşlari va yaqinlariga ta'ziya izhor etgan va AQŞning 35 ştati (Alyaska, Arizona, Kaliforniya, Konnektikut, Havayi, Aydaho, Illinoys, Indiana, Ayova, Kanzas, Men, Massaçusets, Miçigan, Minnesota, Missuri, Montana, Nebraska, Nevada, Nyu-Hempşir, Nyu-Jyersi, Nyu-Mexiko, Nyu-York, Şimoliy Dakota, Ohayo, Oregon, Pennsilvaniya, Puerto Riko, Rod Aylend, Janubiy Dakota, Yuta, Vermont, Virgin Orollari, Vaşington, Viskonsin, Vayoming), şuningdek, Meksika, Markaziy va Janubiy Amerika davlatlari hududidagi Özbekiston fuqarolari zarur hollarda +1-212-754-7403 telefon raqamlari orqali mamlakatning Nyu-York şahridagi boş konsulxonasiga murojaat qilişlari mumkinligini eslatgan.

















