Özbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi masalalarida birinçi navbatda milliy manfaatlarga tayanadi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Ilhom Ne'matov Xalqaro press-klubning navbatdagi tadbirida aytib ötdi.
“Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi masalalarida Özbekiston birinçi navbatda milliy manfaatlarga tayanadi. Bu borada bizga taşqi bosim yöq”, - dedi taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari.
Bundan oldin, Xalqaro valuta jamğarmasining Yaqin Şarq va Markaziy Osiyo departamenti direktori örinbosari Yuxa Kyaxkonen Özbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirgan taqdirda ham, dunyoning barça mamlakatlari bilan savdo uçun oçiq bölib qolişi kerakligini aytgandi.
Eslatib ötamiz, oktabr oyida Özbekiston rasmiylari YeOIIga qöşiliş masalasini uç yildan buyon körib çiqayotgani ma'lum bölgan edi.
Mamlakatni 2030 yilgaça kompleks rivojlantiriş konsepsiyasi loyihasiga köra, Özbekiston 2019-2021 yillar oraliğida YeOII a'zolari bilan erkin savdo kelişuvini imzolaşi, 2022-2025 yillarda esa YeOIIga a'zo bölib kiriş böyiça izçil tadqiqotlar ötkazişi közda tutilgan.












