Keng kölamli korrupsiya Indoneziya uçun jiddiy muammo bölib qolyapti. Ayrim sörovnomalarga köra, davlat xizmatçilarining yarmiga yaqini pora oladi. Bu esa mamlakat uçun yiliga yuzlab million dollarga aylanmoqda. Bundan taşqari, davlat xizmatlari öta byurokratik.

Mamlakat prezidenti Joko Vidodo muammoning radiakal yeçimini taklif qildi. U amaldorlarning bir qismini sun'iy idrok bilan almaştiriş haqida farmoyiş çiqardi. Vidodoning amaldagi koalitsiyasi Indoneziya parlamentidagi 74 foiz örinlarni egallaşi hisobga olinadigan bölsa, prezidentning har qanday taşabbusi şubhasiz ma'qullanadi. 

ZME Science’ning xabar berişiça, gap biznesni nazorat qiluvçi davlat organlarini isloh qiliş haqida ketyapti. Hozirda ular tört darajadan iborat. Vidodo ularni ikkitagaça qisqartirmoqçi. Sun'iy idrokdan foydalaniş qisqartirişga tuşgan davlat xizmatçilari örnini bosiş imkonini beradi.

Prezident mazkur islohot biznes rivojlanişiga hissa qöşib, mamlakatga xomaşyo eksportidan yuqori texnologik tovarlar, masalan, elektromobillarni işlab çiqişga ötilişida yordam berişiga umid qilyapti.

Indoneziyada algoritmlardan aynan qanday foydalanilişi rejalaştirilayotgani hali aniq emas. Şunga qaramay, bu hatto rivojlanayotgan mamlakatlarda hozirning özidayoq sun'iy idrok insonlar örnini bosayotganini körsatuvçi aniq belgidir. 

Masalan, AQŞda avtomatlaştiriş şiddat bilan davom etmoqda. Töğri, bu yerda robotlar amaldorlar emas, işçilar örnini egallayapti. Hozirça salbiy ta'sir u qadar sezilarli emas, biroq jöşqin iqtisodiy ösiş ana şu ta'sirni yaşirayotgan bölişi mumkin.