Mirzo Ulugbek Innovation Center Axborot texnologiyalarini rivojlantiriş va joriy etişni qöllab-quvvatlaş markazi tugatilib, uning rezidentlari Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkiga ötmoqda.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi xabariga köra, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 dekabr kuni bu haqdagi tegişli qarori qabul qilindi.

Unga muvofiq, IT sohani yanada takomillaştiriş, raqobatbardoş va istiqbolli dasturiy mahsulotlarni yaratiş, xorijiy mamlakatlar uçun IT-xizmatlarini taqdim etişni kengaytiriş va IT mahsulotlarining sifatini yaxşilaş rejalaştirilmoqda.

Qayd etilişiça, uşbu qadam Özbekiston Respublikasida IT-madaniyatini va boşlanğiç ekotizimni rivojlantiriş böyiça birgalikdagi sa'y-harakatlarni birlaştirişga imkon beradi va mahalliy IT-mahsulotlar sifatini yangi darajaga kötaradi.