Joriy yilning 6 dekabr kuni 2019-2021 yillarda innovatsion rivojlantiriş strategiyasini amaliyotga tatbiq etişning yillik natijalariga bağişlangan brifingda innovatsion rivojlaniş vaziri örinbosari Azimjon Nazarov innovatsiyani moliyalaştiriş tizimini takomillaştiriş yönalişida bajarilgan işlar haqida ma'lumot berar ekan, ğoyani innovatsiyaga aylantiriş hamda vençur fondlari haqida töxtalib ötdi. 

«Har bir ğoyaning innovatsiyaga aylanişi qiyin. Örtaça önta ğoyaning ikkitasi innovatsiyaga aylanib, iqtisodiy samara bersa, xursand bölişimiz kerak. Lekin şu önta ğoyani ham moliyalaştirmasak, natijaga erişolmaymiz. 

Albatta, hozirgi moliyalaştiriş tizimi bu masalani yeçib berolmaydi. Ya'ni, bank ğoyani moliyalaştirişga tayyor emas. Buning uçun xorijiy tajribaga suyanamiz. Bu Vençur kapitali, vençur fondlari taşkil etiş orqali amalga oşiriladi. Bunda önta ğoyani moliyalaştirib, ikkitasi iqtisodiy samara berganda, öntaga sarflangan xarajatlarni bir neça barobar qoplaşga erişiladi. 

Şu ikkita ğoya ham ma'lum bir sohaga joriy qilinganda, sakraş qilişga yoxud köproq foyda olişga olib keladi», deya vaziri örinbosarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.