Vaşington va Tehron mahbus almaşişni amalga oşirdi: AQŞ Eronga 2018 yilda heç qanday ayblovlarsiz FQB tomonidan Minnesota ştatida qölga olingan eronlik olim Mas'ud Sulaymoniyni, Eron esa 2016 yilda josuslikda gumonlanib Eronda qölga olingan talaba Syue Vanni topşirdi.  

"Professor Mas'ud Sulaymoniy va Syue Van tez orada öz oilalari bağriga qaytişidan xursandman", - deb yozdi Eron TIV rahbari Javod Zarif tvitterda.

U bu işda qatnaşgan barçaga, ayniqsa Şveytsariya hukumatiga minnatdorlik bildirdi.

"Yana bir amerikalik uyiga qaytmoqda. Eronda yolğon ayblovlar bilan uç yil tutib turilgan Syue Van AQŞga yöl oldi. Van tez orada uni soğingan ayoli va öğli bilan körişadi", - deb yozdi AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo öz tvitterida.

U şuningdek, Vanning qaytişiga kömak bergan Şveytsariya hukumatiga minnatdorlik bildirdi.

Tehron va Vaşington 1979 yildan buyon diplomatik munosabatlarga ega emas. Bu ikki davlat manfaatlarini bir-birlariga Şveytsariya ifodalaydi.