8 dekabrga ötar keçasi butun dunyo böylab minglab odamlar The World's Big Sleep Out tadbiri doirasida tunni köçada ötkazişdi.
Ular öz oldilariga şu tariqa boşpanasizlarga yordam uçun mablağ yiğişni maqsad qilişgan. Bu haqda “Bi-bi-si” telekanali xabar berdi.
Tadbir taşkilotçilarining baholaşiça, aksiyada 50 mingga yaqin odam iştirok etişi kerak edi. Britaniyada London, Edinburg va Kardiffda odamlar tunni köçada ötkazişgan. Şuningdek, bunday tadbirlarni Nyu-York (AQŞ), Brisben (Avstraliya), Dublin (Irlandiya) va boşqa şaharlarda ötkaziş rejalaştirilgandi.
Faollar tadbir orqali boşpanasizlar uçun 38 mln funt sterlingga (50 mln dollar) yaqin mablağ yiğişni maqsad qilişgan.


World's Big Sleep Out aksiyasi asosçisi Joş Littljon hisoblanadi. Taşkilot saytida ta'kidlanişiça, aksiyadan maqsad nafaqat mablağ yiğiş, balki siyosiy yetakçilarning boşpanasizlar va qoçqinlar muammosiga e'tiborini jalb qilişdan iborat.

















