Innovatsion rivojlaniş vazirligi delegatsiyasining Hindistonning Gujarat ştatiga amalga oşirgan safari doirasida qator loyihalarni amalga oşiriş maqsadida Natural Storage Solutions Pvt. Ltd., Nath Bio-Genes, Paragon Irrigation Pvt. Ltd. va boşqa kompaniyalar bilan anglaşuv memorandumlari imzolandi.
Vazirlik xabariga köra, Natural Storage Solutions Pvt. Ltd. kompaniyasi bilan innovatsion texnologiyalar asosida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlaş sohasida hamkorlikni yölga qöyişga kelişildi. Mazkur loyiha böyiça innovatsion texnologiyalar asosida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlaşga möljallangan zavod qurilişi rejalaştirilgan.
Sabzavot va mevalarni muzlatib va sovitib saqlaş texnologiyasining transfer qilinişi respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaşga, mahsulotlarning nobud bölişiga yöl qöymaslikka xizmat qiladi, deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, korxona tomonidan taklif etilayotgan sovitiş, muzlatiş va saqlaş tizimlari köp yillik tadqiqotlar natijasi bölib, har bir meva va sabzavot turining öziga xosligini inobatga olgan holda, ulardagi bor vitamin va mineral moddalarini saqlaş imkoniyatini beradi.
Hindiston qişloq xöjaligi rivojiga salmoqli hissa qöşgan korxona – Nath Bio-Genes kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida 20 gektar yer maydonida yuqori texnologiyalar asosida elita uruğ işlab çiqarişni taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi. Hozirda elita uruğ işlab çiqaruvçi özbek-hind qöşma korxonasi uçun yer ajratiş, xususan, erkin iqtisodiy va kiçik sanoat zonalari hududiga kiritiş böyiça taklif işlab çiqilmoqda. Maqsad – yuqori texnologiyalar asosida uruğ mahsulotlari işlab çiqarişni yölga qöyiş.
Paragon Irrigation Pvt. Ltd. kompaniyasi bilan innovatsion texnologiyalar asosida tomçilatib suğoriş tizimlarini işlab çiqariş böyiça qöşma korxonani taşkil etiladi. Şu munosabat bilan qöşma korxona uçun yer ajratiş, xususan, erkin iqtisodiy va kiçik sanoat zonalari hududiga kiritiş böyiça taklif işlab çiqilmoqda. Kelgusida mazkur hind kompaniyasi bilan tomçilatib suğoriş texnologiyalarini işlab çiqarişni taşkil etiş közda tutilgan.












