Namangan viloyatining Yangiqörğon tumanida yaşovçi M.T. 35 kunlik çaqaloğini sotmoqçi böldi. Bu haqda Postda.uz xabar qilmoqda.
Qayd etilişiça, şu maqsadda u tanişi, Uçqörğon tumani tibbiyot birlaşmasining tuğruqxona bölimi mudirasi N.T. bilan jinoiy til biriktirdi. Natijada tuğruqxona bölimi mudirasi «Qurama» mahalla fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi uy bekasi M.M. hamda uning turmuş örtoğiga M.T. farzandini 500 AQŞ dollariga sotmoqçi ekanligini aytadi.
M.M. tuman tibbiyot birlaşmasiga 5 500 000 söm pul olib kelib, N.T.ga 1 500 000 söm va çaqaloqning onasiga esa 2 200 000 söm pul hamda umumiy qiymati 500 000 sömlik kiyimlarni beradi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












