Almazbek Atamboyev sud-psixiatrik ekspertizaga yuborildi
Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligining Tergov xizmati Chuy viloyati, Alamudun tumani, Qo‘y-Tosh qishlog‘ida odamlarni garovga olish va ommaviy tartibsizlik holati bo‘yicha sudgacha surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sudgacha bo‘lgan ish yurituvi jarayoni davomida turli og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarda ayblanayotgan 16 kishi gumonlanuvchi sifatida jalb etilgan.
«2019 yil 12 noyabrda bu shaxslar og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishda gumonlanayotgani to‘g‘risida xabar berilganligi sababli va Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 171-moddasiga muvofiq (Ekspertiza tayinlash uchun asos) 16 nafar gumondorga sud-psixiatriya ekspertizasini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ushbu shaxslar orasida Almazbek Sharshenovich Atamboyev ham bor. Ular Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligining psixiatriya markaziga jo‘natildi», - deyiladi IIV matbuot xizmati ma'lumotida.
Qayd etilishicha, avvalroq bunday ekspertiza tayinlanishi haqida Qirg‘iziston parlamenti deputatlari Irina Karamushkina va Asal Koduranova xabar berishgan.
Bundan oldin, Atamboyev qo‘rquv va xiyonat, razolat va yolg‘onga asoslangan hokimiyat hech qachon mustahkam bo‘lmasligi haqida bayonot bergandi.
Mavzuga oid
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024