2019 yil 9 dekabr kunida Koson tumanida «Eng kitobxon maktab» loyihasi ötkazildi. Tadbir doirasida jami 55 ming öquvçilarning ota-onalari 70 mingdan ziyod kitoblar olib berişdi.

Joylarda taşkil etilgan kitob yarmarkalari loyihaning bir qismi bölib, ota-onalar va öquvçilarning kitobga qiziqişlarida yana bir omil bölmoqda. Şuningdek, mazkur loyiha Prezidentimizning 4-taşabbusida körsatilgan vazifalarni ham qamrab olişga qaratilgan.
«Eng kitobxon maktab» loyihasi tadbirida barça maktablar faol iştirok etib, 1-örinni 72-maktab, 2-örinni 27-maktab, 3-örinni 67-maktablar qölga kiritdi. Şuningdek, tuman hokimi A. Boykarayev tomonidan 3 dekabr «Xalqaro nogironlar kuni» munosabati bilan imkoniyati çeklangan 115 nafar öquvçi hamda 50 nafar çin yetim bolalarning har biriga 125 ming sömlik kitoblar jamlanmasi sovğa qilindi.



2019 yil tuman hokimligi faollar zalida «Eng kitobxon maktab» loyihasining yakuni va taqdirlaş marosimi ötkazildi. Tadbirda tuman hokimi A.Boykarayev, barça ta'lim muassasa rahbarlari hamda davlat va jamoat taşkilotlari vakillari iştirok etişdi. Respublika işçi guruhi «Eng kitobxon maktab» taşkilotçilari tomonidan kitobsevarlik tadbiri katta taassurot qoldirganini e'tirof etdi. Tuman hokimi har bir maktabga 1 mln. sömlik, jami 102 mln. sömlik kitob sovğalarini topşirdi.
Tadbirda tuman taşkilot rahbarlari, Nuroniy jamğarmasi raisi va boşqalar kitobning örni töğrisida fikr-mulohazalarini bildirişdi.
Reklama huquqi asosida











