«Ijtimoiy tarmoqlarda Majburiy ijro byurosi Past Darğom tuman bölimi boşliği Ilhom Hamdamov 6 dekabr kuni işdan olingani haqida xabarlar tarqaldi. Ayrim saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda bu voqea 4 dekabr kuni tumanning «Qatorterak» mahallasida Past Darğom tuman «Obodonlaştiriş boşqarmasi» davlat korxonasiga tegişli beton tayyorlaş korxonasining elektr tarmoğiga noqonuniy tarzda ulangani tuman MIB xodimlari tomonidan foş qilingani tufayli mahalliy hokimlik tomonidan qöllangan jazo tariqasida talqin qilmoqda.
Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boşqarmasi ma'lum qilişiça, MIB Past Darğom tuman bölimi boşliğining işdan olinişida mahalliy hokimiyatning aslo aloqasi yöq. Bu haqiqatga töğri kelmaydigan, notöğri ma'lumot. Şunçaki voqealar tasodifan töğri kelib qolgan.
Qonun talablari va belgilangan tartibga köra, hokimlik yoki hududdagi boşqa boşqaruv organi MIB tuman rahbari faoliyatida biror-bir juz'iy kamçilik sezgan taqdirda, unga nisbatan töğridan-töğri intizomiy çora köriş vakolatiga ega emas.
Eng asosiysi — Byuro Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi huquqni muhofaza qiluvçi mustaqil organ hisoblanadi.
Bunday hollarda tuman bölimi boşliğining bevosita rahbari — viloyat boşqarmasi boşliği nomiga tegişli çora köriş haqida taqdimnoma kiritişi mumkin. Samarqand viloyat boşqarmasiga bunday taqdimnoma kelib tuşmagan.
Boş prokuror va Byuro direktorining sohaviy buyruqlariga muvofiq, tuman va şahar bölimlarida barça sohalarda belgilangan tartibda tekşirişlar ötkazib, ularning faoliyati muntazam tahlil qilib boriladi, örganiş va tekşiriş natijalariga köra yaxşi körsatkiçlarga erişgan xodimlar rağbatlantiriladi, faoliyatida kamçiliklarga yöl qöygan yoki öz vazifalarini uddalay olmayotgan xodimlar intizomiy jazoga tortilişi mumkin.
Boşqa hududiy bölimlar singari, Ilhom Xamdamov rahbarlik qilgan Majburiy ijro byurosi Past Darğom tuman bölimida ham şunday tekşiriş va tahlillar ötkazib borilgan.
Taajjub bilan aytiş joizki, tuman bölimi faoliyati maqtovga sazovor bölmagan. Biror marta asosiy faoliyat yönalişi — elektr energiyasi, tabiiy gaz va içimlik suvi bilan ta'minlaş hamda oqova suvlarni çiqariş va maişiy çiqindilardan tozalaş xizmatlari uçun tölovlarni undiriş oylik rejalari bajarilişiga erişilmagan, tumanda debitor qarzdorlik oyma-oy oşib borgan. Bu sohalarda tuman eng oxirgilar qatorida. Işni taşkil qiliş, qöl ostidagi xodimlari tomonidan ijro va mehnat intizomiga rioya qilinişini ta'minlaş sohasida ham kamçiliklarga yöl qöyib kelingan.
Bu bilan biz Ilhom Hamdamovni qoralamoqçi emasmiz, aslo. Öz faoliyatiga tanqidiy yondaşiş va qat'iyatlilik bilan kamçiliklarni bartaraf qilib boriş prokuratura va byuro organlariga xos xususiyatdir. Ma'lumot uçun aytiş joizki, I.Hamdamov özining işiga tanqidiy baho berib, öz taşabbusi bilan egallab turgan lavozimidan ozod qiliş haqidagi ariza bilan murojaat qilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, tadbirkorlik sub'yekti bilan yuzaga kelgan ziddiyatli holatning bu jarayonga heç qanday aloqasi yöq.












