Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi aviataşuvlar narxining pasayişiga olib kelişi kutilayotgan bir qator tuzatişlar işlab çiqdi.
Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi mamlakatda turizmni yanada rivojlantirişga qaratilgan prezident farmoni loyihasini taqdim etdi.
Spot’ning yozişiça, loyiha bilan aviataşuvlarda narxlarning pasayişiga olib kelişi kerak bölgan bir qator çora-tadbirlar taklif qilingan.
Xususan, aviatsiya yoqilğisi va yoqilği-moylaş materiallari, şuningdek aviatsiya yoqilğisi va yoqilği-moylaş materiallarini tayyorlaş uçun xomaşyoni olib kirişda mahalliy va xorijiy kompaniyalar bir neça yil davomida bojxona tölovlaridan ozod qilinişi rejalaştirilgan.
Çet el aviakompaniyalariga tranzit paytida körsatilgan aeronavigatsiya xizmatlari uçun muddati ötgan debitorlik qarzdorligi tufayli jarima solinmaydigan böladi.
Özbekiston aviakompaniyasi quyidagilarni mamlakatga olib kirişda boj tölovlaridan ozod qilinadi:
olib kirilgan vaqtida işlab çiqarilgan muddati 10 yildan oşmagan samolyotlar (TIF TN kodi 8802, 8803 va 8805);
faqat yölovçilarga xizmat körsatişda foydalaniladigan jahon brendlarining xizmat körsatiş uskunalari va içimliklari.
Havo kodeksiga qaytarib berilmaydigan va bagajsiz tariflardan foydalangan holda aviataşuvlar narxini optimallaştiriş mexanizmlarini belgilovçi tuzatişlar kiritiş rejalaştirilmoqda.
Bundan taşqari, agar farmon şu körinişda qabul qilinsa, unda ikki oy içida Transport vazirligi va Moliya vazirligi teng şartlar asosida mahalliy va xorijiy aviakompaniyalar uçun tariflarni qayta körib çiqişi kerak. Gap aviatsiya infratuzilmasidan foydalaniş va qöşimça tölovlar undirilişiga yöl qöymaslik haqida bormoqda.
Bundan oldin, Özbekistonda çet elliklarni röyxatdan ötkaziş bekor qilinişi xabar berilgandi.












