Prezident 2021 yil 1 yanvargacha davlat organlarida qog‘oz ko‘rinishidagi hujjat aylanishidan to‘liq voz kechish topshirig‘ini berdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Belgilab qo‘yilishicha:
2020 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari 2-ilovada nazarda tutilgan hujjatlarni fuqarolardan talab qilishi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ularning berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari, ularning tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida hujjat aylanishi va hisobotlarni yuritish faqat elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 martga qadar tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyati bo‘yicha zarur hisobotlarni real vaqt rejimida tuzish hamda 2021 yil 1 yanvarga kelib qog‘oz ko‘rinishidagi blanklar, shakllar va jadvallarni to‘ldirishdan to‘liq voz kechish imkonini beradigan Barcha davlat organlari va tashkilotlarida hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Davlat organlari va tashkilotlari Barcha davlat organlari va tashkilotlarida hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasida nazarda tutiladigan muddatlarda hisobot yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini va uning to‘laqonli ishlashini ta'minlaydi.
Belgilanishicha, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 martga qadar davlat organlari va tashkilotlarining barcha xodimlari va rahbarlarini belgilangan tartibda elektron raqamli imzolar bilan ta'minlaydi.
Mavzuga oid
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
08:30 / 01.11.2024
Pensiya tayinlash va to‘lashda byurokratiya qisqartiriladi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
09:20 / 27.09.2024