Samarqand viloyat avtomobil yöllari hududiy boş boşqarmasi Kun.uz’da e'lon «Urgut yölsozlaridan «innovatsion ğoya»: respublika ahamiyatidagi yölni şağal bilan ham ta'mirlaş mumkin» sarlavhali tanqidiy maqolaga munosabat bildirdi.
«2019 yil davomida joriy ta'mirlaş mablağlari hisobidan 12,585 mlrd sömlik mablağ ajratilib, uşbu mablağ doirasida umumfoydalanişdagi davlat va mahalliy ahamiyatiga ega bölgan 40,3 kilometrdan ziyod avtomobil yöllarida hamda tumandagi içki xöjalik yöllarni ta'mirlaş böyiça 1,4 mlrd söm mablağ doirasida 14,9 km, «Obod qişloq» dasturi doirasida 48,9 km yöllarga 7,5 mlrd sömlik ta'mirlaş işlari Urgut tuman yöllardan foydalaniş unitar korxonasi tomonidan amalga oşirildi.
Maqolada tilga olib ötilgan, Urgut tumani hududidan ötuvçi 4R47 «Bulunğur şahri — Urgut şahri — M39 avtoyöli» avtomobil yölining 37-52 km qismlarida mavjud asfaltobeton qoplamasi yuk kötariş qobiliyatini yöqotgani bois ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan.
Mazkur avtomobil yölida asfaltobeton qoplamalari buzilgani, ya'ni yuk kötariş qobiliyati bugungi kundagi transport vositalariga möljallanmagani hamda qişki mavsum bölganini inobotga olib, bugungi kunda uşbu avtomobil yölining 37–52 kilometrida qum-şağal aralaşmasidan asos tayyorlaş işlari olib borilmoqda.
Şu yilning ötgan davrida 4R47 «Bulunğur şahri — Urgut şahri — M39 avtoyöli» avtomobil yölining 33–36 km oraliğidagi uzunligi 3 km qismida töliq asfaltobeton qoplamasi yotqizilib, foydalanişga topşirildi.

Joriy yilda ajratilişi rejalaştirilgan mablağlar ajratilib, quriliş turiga asosan taqsimlanganini inobatga olib, mazkur avtomobil yölining 37–52 kilometrlari oraliğidagi qismini ta'mirlaş işlari 2020 yilda ajratilgan mablağlar doirasida bosqiçma-bosqiç amalga oşirilişini ma'lum qilamiz», — deyiladi Samarqand viloyat avtomobil yöllari hududiy boş boşqarmasi munosabatida.
















