Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jismoniy shaxslar uchun ijaraning eng kam stavkalari 6 - 25 foizga oshirildi
“2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonun bilan ijara to‘lovining eng kam stavkalari tasdiqlandi.
Norma’ning yozishicha, ulardan 2020 yilda jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulkni va avtotransportni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solish maqsadida foydalaniladi.
Soliqlar pasaytirilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 2014 yildan buyon hukumat ko‘chmas mulk va avtotransportni ijaraga berishning eng kam stavkalarini belgilaydi. Ijaraga beruvchi o‘zining mol-mulkini juda arzon yoki hatto bepul taqdim etishga haqli. Biroq budjet bundan ziyon ko‘rmasligi kerak. Ijaraning belgilangan eng kam stavkalaridan kelib chiqib, 12 foiz JShDSni to‘lashga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yilga nisbatan stavkalar indeksatsiya qilingan:
• noturar joylar uchun – 15-25 foizga. Toshkent shahridagi noturar ko‘chmas mulk bo‘yicha ijaraning eng kam stavkalari hammasidan ko‘p o‘sdi – oyiga 1 kv.m. uchun 25 ming so‘m.
• avtotransport vositalari uchun, o‘rtacha – 6 foizga (9.12.2019 yildagi O‘RQ-589-son Qonunga 12-ilova).

Fuqarolar mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromadlarga 2020 yilda 12 foiz stavka bo‘yicha JShDS solinadi.
Eslatib o‘tamiz, yuridik shaxslar uchun davlat ko‘chmas mulkidan foydalanish uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini har yili viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasdiqlaydi.
Bundan oldin, 2020 yilda jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
10:45 / 10.06.2026
Ayrim shaharlarda harbiy xizmatchilar uchun ijara kompensatsiyasi oshiriladi
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
15:43 / 19.05.2026
Ayrim qarzlar notarius orqali undiriladi
08:44 / 18.05.2026