Qirğizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevga 7 avgustda Qöy-Toş qişloğida uni qölga oliş çoğida milliy xavfsizlik davlat qömitasining "Alfa" maxsus bölinmasi xodimini öldiriş ayblovi qöyildi. Bu haqda Atamboyevning advokati Zamir Jooşev ma'lum qildi.

"Atamboyev "Alfa" maxsus bölinmasi komandiri örinbosari Usenbek Niyazbekovni öldirişda gumonlanayotgani töğrisida xabarnoma topşirildi. Tergov ma'lumotlariga köra, Niyazbekov Dragunov snayper vintovkasi bilan öldirilgan, ammo avvalroq IIV u AK-47 avtomati bilan öldirilganini bildirgandi. Tergov organlari bir-biriga zid ma'lumotlar bermoqda", - dedi Jooşev.

Advokatning sözlariga köra, "Alfa" xodimlari Qöy-Toşda "xavfsizlik qömitasining jinoiy buyruği"ni bajarişgan. Uning aytişiça, gumonlanuvçini tergovga olib boriş uçun vazifasi butunlay boşqa bölgan maxsus bölinma iştirokida maxsus operatsiya ötkazilişi kerak emas.

Atamboyevni qölga oliş böyiça amaliyot uning Bişkekdan 20 km uzoqlikda joylaşgan Qöy-Toş qişloğidagi uyida 7-8 avgust kunlari ötkazilgan. Kuç tuzilmalari xodimlari va sobiq prezident tarafdorlari örtasida yuz bergan töqnaşuvlar vaqtida 136 kişi jabrlangan, bir maxsus jangçi halok bölgan. Öşandagi voqealar Atamboyevning kuç tuzilmalariga taslim bölişi bilan yakun topgan.