Ovozlarni hisoblaş mahalliy vaqt bilan soat 22:00da boşlanadi. Dastlabki natijalar juma kuni tongida e'lon qilinişi kutilmoqda.
Mamlakatdagi barça maktablarda, çerkovlarda, şaharlar hokimiyati binolarida va tuman kengaşlarida, hattoki kirxonalarda saylov uçastkalari oçilgan.
Britaniya parlamentining har bir deputati oddiy yöl - öz okrugida eng köp ovoz oliş orqali saylanadi.

Oktabr oyi oxirida Jamoalar palatasi navbatdan taşqari saylovlar ötkaziş haqida qaror qabul qilgan va bu qaror Lordlar palatasi tomonidan ma'qullangandi.
Siyosatçilar va barça britaniyalik saylovçilar qarşisida turgan asosiy masala - «Brekzit» taqdiri bölib qolmoqda. Bu masala qanday hal etilişi Britaniya iqtisodiyoti va Milliy soğliqni saqlaş tizimi taqdirini hal etadi.

Saylov uçastkalariga keluvçilardan pasport yoki şaxsini tasdiqlovçi boşqa biror hujjat söralmaydi, öz ismi-şarifi va manzilini aytiş kifoya qiladi. Bir kişi faqat bir marta va bir nomzod uçun ovoz berişi mumkin.
Köplab saylovçilar poçta orqali ovoz berib bölişgan. Ikki yil muqaddam 7 million saylovçi masofadan turib saylovda qatnaşgandi.
Saylov huquqiga Buyuk Britaniya fuqaroligiga ega bölgan 18 yoşdan oşgan har bir inson egadir.
Ovoz beriş kunida televideniye va radio orqali saylov tarğibotini davom ettiriş taqiqlanadi.
Bu qoida saylov kuni ham tarğibot ötkaziş mumkin bölgan Amerikadagi tartibga zid keladi. Britaniyadagi qoida saylov kuni saylovlarni yoritiş saylovçilarga qandaydir bosim ötkaziş mumkinligi bilan izohlanadi.

Saylov kun tartibidagi asosiy masala faqat «Brekzit» emas. Boşqa muhim masalalar jumlasiga mamlakat soğliqni saqlaş tizimini moliyalaş, iqtisodiy tengsizlik va iqlim özgarişi kiradi.
Sönggi marta Buyuk Britaniyada qişki vaqtda saylov ötkazilişi 1974 yilda röy bergandi, dekabr oyidagi saylov esa sönggi marta 1923 yilda kuzatilgan.












