Liviya milliy armiyasiga qömondonlik qiluvçi marşal Halifa Haftar poytaxt Tripoli uçun hal qiluvçi jang boşlanganini e'lon qildi. Bu haqda Al-Arabiya telekanali xabar berdi.    

Haftarning ta'kidlaşiça, armiya poytaxtni ozod qiliş uçun uning markaziga yönalmoqda. Marşal Liviya milliy armiyasiga qarşi jang qilayotgan jangarilarni xavfsizlik kafolati evaziga uylarida qolişga çaqirgan. 

Liviyaning sobiq yetakçisi Muammar Kazzofiy 2011 yilda öldirilgandan keyin mamlakat deyarli bir davlat sifatida faoliyat yuritmay qöydi.

Mamlakatda ikki hokimlik amal qilib, şarqda xalq tomonidan saylagan parlament, ğarbda - Tripolida BMT va Yevropa Ittifoqi yordamida şakllangan, Fayoz Sarroj boşçiligidagi Milliy kelişuv hukumati harakat qiladi. 

Şarqdagi hokimiyat Tripolidan mustaqil ravişda harakat qilib, Liviya milliy armiyasi bilan hamkorlik qiladi. Marşal Haftar kuçlari apreldan beri Tripoli uçun janglarni davom ettirmoqda.