Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlardagi bog‘ va tokzorlar to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»ga qarori imzolandi.
Qarorga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumanning barchasidagi mavjud bog‘ va tokzorlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazadi.
Xatlov natijalariga ko‘ra samarasiz bog‘ va tokzorlarni yangilash yuzasidan har bir tuman kesimida manzilli ro‘yxatlar shakllantiriladi va tasdiqlanadi, bunda 2020 yil davomida yaroqsiz bog‘ va tokzorlarni, 2021-2025 yillarda esa kam hosilli, eskirgan va samarasiz bog‘ va tokzorlarni yangilash nazarda tutiladi;
Yangi bog‘ va tokzorlarni barpo etishda ular oldindan aniq meva-sabzavot klasteriga yoki qishloq xo‘jaligi birlashmasiga biriktirilishi, iqtisodiy jihatdan samaradorligini nazarda tutgan holda amalga oshirilishi ta'minlanadi.
Mavzuga oid

07:21 / 20.08.2024
Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulki obektlari xatlovdan o‘tkaziladi

19:17 / 07.04.2023
Futbolni har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori imzolandi

21:15 / 23.02.2023
Ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolariga mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berildi – prezident qarori

18:56 / 30.01.2023