Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paxta va g‘alladan bo‘shagan kamhosil maydonlarda intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etiladi - Prezident qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.
Qarorda belgilanishicha, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi, Uzumchilikni rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi:
- qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan ochiq yer maydonlari;
- hosildorligi past bo‘lgan paxta va g‘alladan bo‘shagan maydonlar,
- yaroqsiz deb topilgan bog‘ va tokzorlar joylashgan yerlarda —
intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish hamda ularni aholiga lizing va kredit shartlari asosida, shu jumladan, tijorat banklari va lizing kompaniyalari orqali berish, keyinchalik ular negizida qishloq xo‘jaligi birlashmalari va meva-sabzavot klasterlari tuzish ishlarini tashkil qiladi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda:
- meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish tizimini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari keng jalb qilinishini;
- xalqaro moliya institutlarining jalb qilingan mablag‘larini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar kesimida mahsulot yetishtiruvchilar, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarga manzilli yetib borishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
19:17 / 07.04.2023
Futbolni har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori imzolandi
21:15 / 23.02.2023
Ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolariga mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berildi – prezident qarori
18:56 / 30.01.2023
Mahalliy hokimiyatga paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatiga noqonuniy aralashish taqiqlanadi – prezident qarori
23:06 / 11.08.2020