Xalqaro press-klubning 12 dekabr kungi sessiyasida qişloq xöjaligi maydonlarida suv tejovçi texnologiyalarni keng joriy qiliş va bu boradagi muammolar muhokama qilindi.
Sessiyada Kun.uz muxbiri tomonidan fermer xöjaliklarining moliyaviy imkoniyati masalasi kötarilib, neça foiz fermer xöjaliklari bugungi kunda suv tejovçi texnologiyalarni (tomçilatib suğoriş) joriy qilişga layoqatli ekani borasida savol berildi.
Savolga Özbekiston Suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamroyev javob qaytardi.
«Yakunlanayotgan yilda Özbekistonda 33.8 ming gektar maydonda tomçilatib suğoriş, 1.1 ming gektarda yomğirlatib suğoriş, 2.2 ming gektarda pulsar suğoriş, jami bölib esa 36.6 ming gektarda suv tejovçi texnologiyalardan foydalanişga ötildi.
Bizda 2025 yilgaça respublikadagi qişloq xöjaligi maydonlarining kamida 1\4 qismida suv tejovçi texnologiyalardan foydalanişga ötiş rejasi bor. Umuman olganda, men bunga kafolat beraman.
Bu masalada ilğor fermerlar, klasterlar bizni qöllab-quvvatlamoqda.
Şuningdek, eslatib ötmoqçiman, prezidentning «Qişloq xöjaligida suv tejovçi texnologiyalarni joriy etişni rağbatlantiriş mexanizmlarini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilingan.
Unga köra, kelgusi yildan tomçilatib suğoriş tizimini joriy etganlik uçun gektariga 8 mln söm, yomğirlatib suğoriş tizimlari uçun 4 mln söm va diskretli (pulsar) suğoriş uçun 1 mln söm davlat subsidiyasi beriladi», deya vazir sözlarini keltirmoqda sayt muxbiri.

















