Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga ötişning qöşimça çora-tadbirlari qabul qilinadi. Prezidentning tegişli qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.

Qayd etilişiça, quyidagilar:

Özbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonuni, Özbekiston Respublikasi prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-son “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boşqaruv uslublarini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni, Özbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 3 martdagi PQ-4265-son “Kimyo sanoatini yanada isloh qiliş va uning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori va 2019 yil 17 yanvardagi PQ-4124-son “Kon-metallurgiya tarmoği korxonalari faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorlari bilan yillik moliyaviy hisobotning moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)ga muvofiq e'lon qilinişi va uni Auditning xalqaro standartlari (AXS) asosida taşqi auditdan ötkazilişi nazarda tutilgan;

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan ASSA (Association of Chartered Certified Accountans) örtasida hisob, audit va biznesni boşqariş sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar böyiça kasbiy öqitişga, şuningdek nodavlat ta'lim muassasalarini va oliy ta'lim muassasalarining öquv dasturlarini bosqiçma-bosqiç xalqaro akkreditatsiyadan ötkazişga kömaklaşiş töğrisidagi Memorandumni imzolaş uçun işlar olib borilgan.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi MHXSni joriy etiş böyiça vakolatli organ etib belgilanadi va unga quyidagi funksiyalar yuklatiladi:

MHXSni joriy etiş jarayonini, şuningdek xöjalik yurituvçi sub'yektlar tomonidan moliyaviy hisobotni MHXSga muvofiq öz vaqtida e'lon qilişini monitoring qiliş va uşbu qarorda nazarda tutilgan talablarning bajariliş natijadorligini tahlil qiliş;

MHXS sohasida mutaxassislarni tayyorlaşda jahonning ilğor tajribasini ommalaştiriş va Özbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari va öquv markazlarini bosqiçma-bosqiç akkreditatsiyadan ötkaziş böyiça buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro taşkilotlar bilan özaro hamkorlikni kengaytiriş;

öquv jarayonining, imtihonlarni ötkaziş va ular natijalarini baholaşning hamda sertifikat berişning şaffofligini ta'minlovçi jahonning ilğor tajribasini va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda MHXS böyiça sertifikatlaşning samarali tizimini taşkil etiş;