2019 yilning 11-13 dekabr kunlari Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vazirining örinbosari Dilşod Axatov boşçiligidagi delegatsiya Bryussel şahrida Özbekiston va Yevropa ittifoqi örtasida Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisida bitim (KŞHB) loyihasi böyiça muzokaralarning 4-bosqiçini ötkazdi. Özbekiston delegatsiyasi turli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat.
TIV xabarida aytilişiça, tadbir davomida mutaxassislar siyosiy, tarmoqqa oid va savdo masalalari böyiça alohida işçi guruhlarini tuzdilar va KŞHB loyihasini batafsil muhokama qildilar.
Munozaralar iştirokçilarining konstruktiv yondaşuvi va oqilona kelişuvi tufayli uşbu hujjatning köplab muhim jihatlari böyiça sezilarli ilgarilaş va özaro tuşunişga erişildi.
Uçraşuv yakunlariga köra tomonlar kelgusi yilning boşida Toşkent şahrida navbatdagi muzokaralar turini ötkazişga kelişib oldilar, deyiladi ma'lumotda.
Bundan oldin, Bryusselda Özbekiston va YeI örtasida muzokaralar bölib ötişi xabar qilingandi.











