Senatning 25-yalpi majlisida Surxondaryo viloyati Termiz tumanining çegarasini özgartiriş, Termiz şahrining çegarasini kengaytiriş hamda ularning çegaralarini tasdiqlaş töğrisidagi masala körib çiqildi.
Senator Suyun Abdiyev ma'ruza qildi. Uning sözlariga köra, Termiz şahriga 1929 yilda asos solingan, aholisi 146 ming kişini, umumiy yer maydoni 2,8 ming gektarni taşkil etadi. Termiz tumaniga esa 1926 yilda asos solingan bölib, aholisi 109 ming kişini, umumiy yer maydoni 85 ming gektarni taşkil etadi. Bugungi kunda Termiz tumanining umumiy yer maydoni Termiz şahriga nisbatan 30 baravarga katta hisoblanadi.
Termiz şahri hududi kiçikligi sababli işlab çiqariş va xizmat körsatiş obektlarini barpo etişga yetarliça imkoniyat bölmaganligi uçun Termiz tumani hududlarida quriliş işlari olib borilgan.
Şunga köra, şahar aholisiga qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida Termiz tumani hududining 1 ming 561 gektar yer maydonini Termiz şahri hududi tarkibiga ötkaziş nazarda tutilmoqda.
Termiz şahriga ötkazilayotgan hududda 8ta köp qavatli uy, 1ta oilaviy poliklinika, 4ta madaniy meros obekti, 8ta maktabgaça ta'lim va 8ta umumta'lim muassasasi mavjud.
Oliy Majlis Senati a'zolari Surxondaryo viloyati Termiz tumanining çegarasini özgartiriş, Termiz şahrining çegarasini kengaytiriş hamda ularning çegaralarini tasdiqlaş töğrisidagi masalani körib çiqdi va tegişli qaror qabul qildi.












