Özbekistonda tuhmat va haqorat uçun ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölgan jazo turlarini tayinlaş bekor qilinişi rejalaştirilmoqda. Bu haqda Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlaş, bu borada jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltiriş böyiça çora-tadbirlar dasturida aytilgan.

Qayd etilişiça, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov), Adliya vazirligi (Davletov) 2020 yil mayga qadar tahliliy ma'lumotlar, takliflar işlab çiqadi.

Şuningdek, OAVning faoliyati va axborotdan foydalaniş erkinligini ta'minlaş, davlat organlari va mansabdor şaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari)dan himoya qiliş kafolatlarini kuçaytiriş, jurnalistlarning öz kasbiy faoliyatiga oid majburiyatlarini belgilaşni nazarda tutuvçi “Teleradioeşittirişlar töğrisida”gi va “Ommaviy axborot vositalari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihalari işlab çiqiladi.

Barça davlat organlari va taşkilotlari faoliyatining oçiqligini ta'minlaş, ularda jamoatçilik, xususan OAV bilan aloqalarni yangi bosqiçga kötariş çoralarini köriş ham möljallanmoqda.

Bundan taşqari, davlat boşqaruvi organlari, xöjalik birlaşmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ular muassisliklaridagi gazeta va jurnallarning moddiy texnik bazasini mustahkamlaş, ulardagi tahririyat xodimlarining mehnatiga haq tölaş bilan boğliq xarajatlarning manbalarini aniqlaş, şuningdek, mazkur bosma naşrlarning veb-sayt şaklini yaratiş masalasini hal etiş közda tutilgan.