Özbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafşon» zali Media hall’ida «Yangi Özbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bölib ötmoqda.
Unda siyosiy partiyalar debati ötkazilmoqda. Tadbirda tarixiy madaniy merosni asrab-avaylaş, Özbekistonning xalqaro imiji, turizmni rivojlantiriş, bağrikenglik ğoyasini tarğib qiliş masalalari böyiça fikr almaşilmoqda.
ÖzLiDeP Siyosiy kengaşi ijroiya qömitasi raisi Aktam Hayitovga köra, turistlar köp taşrif buyuradigan hududlarda köngiloçar maskanlarni köpaytiriş kerak.
«Kim dam olişni xohlamaydi? Hamma xohlaydi. Biz ziyorat turizmi, ovqat turizmi kabi sohalarni rivojlantirişimiz kerak. Barça uçun qulay şaroit yaratiş şart. Bu masalada Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi ham işlaşi zarur.
Sayyohlar köp taşrif buyuradigan hududlarda köngiloçar maskanlarni köpaytiriş kerak. Ular muqaddas qadamjolar joylaşgan yerdan alohida, maxsus hududlarda barpo etilişi lozim», - deydi Aktam Hayitov.

















