Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Turkiya parlamenti AQŞ senati tomonidan Usmon imperiyasida 1915 yilda armanlarning yöq qilinişining qatliom deb tan olinişiga javoban Amerikani mustamlakalaştirişda hindular qatliomi haqidagi rezolyutsiyani qabul qilişi mumkinligini aytdi.    

AQŞ kongressi senati 12 dekabrda armanlar qatliomini tan oliş va yodda tutiş zarurligi haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Turkiya bu hujjatni qoralagan. 

“Biz 1915 yildagi voqealar haqidagi milliondan köproq hujjatni oçdik. Keling, örganing. Biz qölimizdagi hujjatlar haqida gapirmoqdamiz. Biz ham parlamentimizning şunday qarorlari bilan sizga qarşi çiqişimiz lozim. Buni qilamiz ham. Amerika haqida gapirganda, hindular haqida oğiz oçmaslik mumkinmi? Bu AQŞ uçun şarmandali sahifadir”, deb aytgan Erdöğan A Haber telekanali efirida.  

XIX asr oxiri- XX asr boşida Usmon imperiyasida armanlar ta'qib qilinib, quvğin qilingan. Armaniston jahon hamjamiyati tomonidan armanlar qatliomi tan olinişini talab qilib keladi. Turkiya bu ayblovni rad etib, 1915 yildagi fojialar qurbonlari armanlar bilan bir qatorda turklar ham bölganini ta'kidlab keladi. Qatliomning xalqaro tan olinişi Turkiya va Armaniston örtasidagi murakkab munosabatlarning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.