Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko soxtakorlik bilan shug‘ullanayotgan mansabdorlarni hech qanday sud va tergovlarsiz qamashni taklif qildi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ish samaradorligini baholashga bo‘lgan yondashuvni o‘zgartirishni talab qilar ekan, soxtakorlik bilan shug‘ullanayotgan mansabdorlarni hech qanday sud va tergovlarsiz qamashni taklif qildi.
"Menga hisobot berishlaricha, bizda hali ham rejali majburiyat tizimiga barham berilmagan, deyarli hamma: militsiya, bojxona, soliq, o‘t o‘chirish xizmati, sanstansiya va boshqalar shu bilan mashg‘ul. Ish shungacha yetib boradiki, rahbariyat xodimlardan kuniga uchta-beshta qonunbuzarlik aniqlangani to‘g‘risida bayonnoma olib kelishni talab qiladi, bayonnoma yo‘q bo‘lsa xodim mukofotsiz qoladi. Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, buning uchun sud va tergovsiz qamash kerak", dedi u.
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, aks holda bu muammoni tag-tugi bilan yo‘q qilib bo‘lmaydi.
Uning fikricha, ishning asosiy natijasi aniqlangan qonunbuzarlik va yozilgan jarimalar soni emas, balki profilaktik ta'sir hisoblanadi.
Lukashenko amaldagi ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi kodeksda har qanday nizoli holatni jazolash yo‘li bilan hal etish ko‘zda tutilgani, bu sovet davridan qolganini ta'kidladi. U ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qonunchilikka keng miqyosdagi o‘zgartirishlar kiritishni buyurdi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
22:20 / 24.05.2026