Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bizda narxlarni past darajada ushlash xalqqa yordam berish bo‘lgan». Ishmetov narxlar oshishida fuqarolarni qanday qo‘llab-quvvatlash kerakligini aytdi
O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafshon» zali Media hall’ida «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
«Kelajak avlodlar manfaati uchun barqaror rivojlanish: iqtisodiy ustuvorliklar» mavzusidagi tadbirda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilma, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rag‘batlantirish, iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish, davlat korxonalari samaradorligini oshirish, investitsion muhitni yaxshilash kabi masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda.
Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetovning so‘zlariga ko‘ra, narxlar oshishi sharoitida fuqarolarni subsidiyalar berish bilan qo‘llab-quvvatlash kerak.
«Narxlar oshishida fuqarolarni subsidiyalar berish bilan qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Bizda narxlarni past darajada ushlash xalqqa yordam berish bo‘lgan, vaholanki odamlarni qo‘liga pul berish kerak va shu orqali qo‘llab-quvvatlash lozim. Iqtisodiy siyosatni aholi daromadlarini oshirishga yo‘naltirish kerak», - deydi Timur Ishmetov.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Timur Ishmetov iqtisodiyotdagi dollarlashuv avvalgi iqtisodiy siyosatning natijasi ekanini aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid
16:50 / 16.06.2026
“Asosiy stavka ta’sirchanligini oshirish choralarini ko‘ramiz” – Ishmetov
16:37 / 16.06.2026
Timur Ishmetov: 2027 yilda 5 foizlik inflatsiya maqsadiga erishish yo‘lida jiddiy xatarlar ko‘rmayapmiz
16:32 / 14.05.2026
Avtomobil bozori. Narxlar qanday o‘zgaryapti?
17:43 / 11.05.2026