Boeing kompaniyasi 2020 yil yanvardan 737 MAX samolyotlarini işlab çiqarişni vaqtinçalik töxtatişga qaror qildi. Bu haqda kompaniya bayonotida aytilgan.
Kompaniyada ta'kidlanişiça, bu holat samolyotni sertifikatlaş 2020 yilga köçirilgani bilan boğlangan.
“Işlab çiqarişning töxtatilişi e'tiborni mavjud samolyotlarning yetkazilişiga mujassamlaştirişga imkon beradi”, deyilgan Boeinğda.
737 MAX modelidagi samolyotlar parvozlari 2018 yil oktyabrda Indoneziyada Lion Air va 2019 yil martda Ethiopian Air aviakompaniyalarining şu turdagi samolyotlari aviahalokatga uçragandan keyin mart oyidan töxtatilgandi. Boeing hozirda aviahalokatga olib kelgan muammolarni bartaraf etiş ustida işlamoqda.
AQŞ fuqarolik aviatsiyasi federal boşqarmasi martdagi aviahalokatdan keyin samolyotning sertifikatlanişini tekşirişni boşlagan. U yakunlangunga qadar bu modeldagi samolyotlar parvozi taqiqlangan. Avvalroq kompaniya sertifikatlaş jarayoni 2019 yil oxirigaça yakunlanişiga umid qilişini aytgan.












