Özbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafşon» zali Media hall’ida «Yangi Özbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bölib ötmoqda.

«Kelajak avlodlar manfaati uçun barqaror rivojlaniş: iqtisodiy ustuvorliklar» mavzusidagi tadbirda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, infratuzilma, kiçik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rağbatlantiriş, iqtisodiyotda davlat uluşini kamaytiriş, davlat korxonalari samaradorligini oşiriş, investitsion muhitni yaxşilaş kabi masalalar yuzasidan fikr almaşilmoqda.

Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi rahbari Otabek Nazirovning aytişiça, kapital bozorida yeçim topilişi zarur bölgan muammolar yetarliça.

«Kapital bozorida muammolar juda köp, ularga yeçim topiş kerak. Odamlarda aksiyalarga işonç yöq, bu bor narsa. Bundan oldin uşbu holat böyiça ham qator vaziyatlar kuzatilgan. 

Şuningdek, bizda uşbu soha böyiça murakkab normativ-huquqiy baza mavjud, uni qayta körib çiqiş lozim. Hozirgi kunda aynan kapital bozorini tartibga soluvçi 100dan ortiq hujjat bor. Ular böyiça ham işlarni kuçaytiriş kerak. Bizda öz bozorimiz uçun jozibador bölgan milliy kompaniyalar taşkil etilişi lozim», - deydi Otabek Nazirov.