Bugun, 17 dekabr kuni Özbekiston musulmonlari idorasi Oliy hay'atining navbatdagi kengaytirilgan yiğilişi bölib ötdi. Unda Oliy hay'at a'zolari, Diniy idora rahbariyati, bölim boşliqlari, taniqli imom-xatiblar iştirok etdi.

Majlisda yakuniga yetib borayotgan 2019 yilda Özbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oşirilgan işlar sarhisob qilindi. Masjidlar, diniy ta'lim muassasalari, ziyoratgohlar va tizimdagi boşqa taşkilotlar faoliyatining yutuq va kamçiliklar muhokama qilindi. Şuningdek, 2019 yilda masjidlar faoliyatini takomillaştiriş borasida amalga oşirilgan işlar va istiqboldagi vazifalar haqida söz yuritildi.

Yiğilişda taşkiliy masala körildi. Unga köra, Özbekiston musulmonlari idorasi tuzilmasida yangi joriy etilgan raisning birinçi örinbosari lavozimiga Homidjon Bahromoviç Işmatbekov nomzodi bir ovozdan ma'qullandi.

Homidjon Işmatbekov 1970 yil Toşkent şahrida tuğilgan. Toşkent islom instituti, Madina islom universitetida tahsil olgan. Faoliyati davomida "Kökaldoş" örta maxsus islom bilim yurti mudiri, Toşkent şahar "Muhammad Nosir hoji" masjidi imom-xatibi, Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bölimi mudiri lavozimlarida xizmat qilgan, deyiladi Din işlari böyiça qömita matbuot xizmati xabarida.