Xabaringiz bor, bu yilgi saylov kampaniyasi «Yangi Özbekiston Yangi saylovlar» şiori ostida ötkazilmoqda. Darhaqiqat, saylov kampaniyasi xalqimizning kayfiyati va islohotlarga işonçi ortgan bugungi yangi davrda ötmoqda. Xalqimiz, saylovçilar siyosiy partiyalardan amaliy natija, qat'iy taklif va taşabbuslar kutyapti.

Şundan kelib çiqib, partiyamizdan Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga Surxondaryo viloyatidan körsatilgan nomzodlar hayotiy ehtiyojlar bilan boğliq qator masalalarda takliflarini bildirişdi:

Ra'no Xolmirzayeva, pedagog, Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyuşmasi Şerobod tumani kengaşi raisi, 76-Şerobod saylov okrugidan nomzod:

– Bugun mamlakatimiz iqtisodiy jihatdan ham yetarli salohiyat va qudratga ega böldi. Partiyamiz bu kuçni kam ta'minlangan qatlamlar turmuş darajasi va sifatini yaxşilaş uçun yönaltiriş kerak, deb hisoblaydi.

Ana şu maqsadda ilğor xalqaro tajribadan kelib çiqib, kam ta'minlangan aholi qatlami uçun kundalik zarur tovar va mahsulotlarni arzon narxlarda sotiş böyiça ijtimoiy dökonlar tarmoğini rivojlantiriş kerak. Bu orqali aholining kam ta'minlangan qatlamlari, pensionerlar, imkoniyati çeklangan insonlar hayot darajasi va sifatini oşiriş, ijtimoiy ahamiyatga ega kundalik ehtiyoj mahsulotlari va xizmatlariga ijtimoiy maqbullikni ta'minlaşga erişiş imkoni ortadi, deb öylaymiz.

Zilola Xalikova, pedagog, Muzrabot tumanidagi 8-maktab direktori, 77Angor saylov okrugidan nomzod:

– Partiyamiz Saylovoldi dasturida kam ta'minlanganlik darajasini belgilovçi mezonlarni takomillaştirişga e'tibor qaratildi. Hozirda bu boradagi mezonlar aniq emasligi ijtimoiy nafaqalarni belgilaş va moddiy yordam körsatişda tuşunmovçilik hamda muammolarni keltirib çiqaryapti. Şu masalada xalqaro amaliyotni örganiş, yaşaş minimumi va iste'mol savatçasi bilan boğliq me'yorlarni qonunçilikda mustahkamlaş vazifasi alohida örin olyapti.

Mansur Utaşev, iqtisodçi, “Surxon import eksport agro” MÇJ rahbari, 78-Termiz saylov okrugidan nomzod: