O‘zbekiston delegatsiyasi Turkiy tilli mamlakatlar Parlament assambleyasining yalpi majlisida ishtirok etadi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarboyjon Respublikasi Milliy majlisi raisining taklifiga binoan joriy yil 17-19 dekabr kunlari Bokuda bo‘ladi.
Mamlakat delegatsiyasi Ozarboyjon poytaxtida bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli mamlakatlar Parlament assambleyasining to‘qqizinchi yalpi majlisida ishtirok etadi.

















