Joriy yilning 14 dekabr kuni taxminan soat 19:10da Mirzo-Uluğbek tumanidagi Oltintepa köçasida yöl-transport hodisasi röy berdi.

Toşkent şahar IIBB xabariga köra, “Neksiya” rusumli avtomobilning 39 yoşli haydovçisi B.E. boşqaruvni qöldan çiqargan. Natijada, avtomobil ogohlantiruvçi belgilarni va tösiqlarni çetlab, ta'mirlaş xizmatlari tomonidan qazilgan çuqurlikka tuşib ketgan. 

Hodisa tufayli heç kim jabr körmadi.

“Neksiya” haydovçisining gaplariga qaraganda, YTHga yölda avariyaviy vaziyatni yuzaga keltirgan boşqa avtomobil sabab bölgan, ammo öşa transport vositasi rusumini yoki davlat raqamini eslab qololmagan. Uşbu faktni tekşiriş böyiça çoralar körilmoqda.

Bildirilişiça, çuqurlik qazilişiga sabab bölgan gaz ötkazgiçning ta'mirlaş işlari ança vaqtdan beri olib borilmoqda. Ilgariroq (22 noyabr kuni), ta'mirlaş brigadasi rahbariga nisbatan YHXB xodimlari tomonidan Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 147-moddasi böyiça, ya'ni işlar olib borilgan joyda qoidalarga muvofiq ogohlantiruvçi belgilar örnatilmaganligi sababli bayonnoma rasmiylaştirilgan.