2020-2022 yillarda Samarqand viloyatining Toyloq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturi qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining muhokama uçun e'lon qilingan qarori loyihasiga köra, quyidagilarni öz içiga oluvçi 2020-2022 yillarda Samarqand viloyatining Toyloq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturi tasdiqlanadi:
2020-2022 yillarda Samarqand viloyati Toyloq tumanini kompleks rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturining maqsadli parametrlari va moliyalaştiriş manbalari;
oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste'mol tovarlari, şuningdek quriliş materiallari işlab çiqariş quvvatlarini modernizatsiyalaş, yangidan barpo etiş, texnik va texnologik jihatdan yangilaş böyiça investitsiya loyihalarining manzilli röyxati;
xizmat körsatiş sohasini va servis infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça amalga oşiriladigan loyihalarning manzilli röyxati;
qişloq xöjaligi sohasini yanada barqaror rivojlantirişni ta'minlaş böyiça investitsiya loyihalarining manzilli röyxati;
yöl-transport infratuzilmasini takomillaştiriş va aholiga avtotransport xizmatlari körsatiş tizimini yaxşilaş hamda aloqa tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qiliş çora-tadbirlari;
tuman ijtimoiy infratuzilmasini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari;
tuman irrigatsiya va melioratsiya tizimini yaxşilaş çora-tadbirlari;
tuman içimlik suvi, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz tarmoqlarini quriş, rekonstruksiya va modernizatsiya qiliş çora-tadbirlari.
Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi, Moliya vazirligi, “Özşaharsozlik LITI” DUK va Samarqand viloyati hokimligi 2020 yilning 1 noyabriga qadar Toyloq tumani markazining boş rejasini işlab çiqadi hamda örnatilgan tartibda tasdiqlaydi.
Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Qişloq xöjaligi vazirligi, Qişloq xöjaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuziş agentligi hamda tijorat banklari bilan birgalikda meva-sabzavotçilik va çorvaçilik sohalari böyiça amalga oşiriladigan loyihalarni ustuvor tartibda xalqaro moliyaviy institutlarining uzoq muddatli kredit va grant mablağlari hisobiga moliyalaştirilişini ta'minlaydilar.













